Joriy yilning 8- sentabr kuni Maktabgacha ta’lim vaziri o’rinbosari U.Sh.Begimqulov Sirdaryo pedagogika kollejiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida pedagogika kollejida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, talabalar bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan vazifalar belgilandi.