Sirdaryo pedagogika kollejida joriy yilning 6-sentabr kuni «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida mustaqillik darslari bo’lib o’tdi.

Sirdaryo pedagogika kollejida joriy yilning 6-sentabr kuni «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida mustaqillik darslari bo’lib o’tdi. Mustaqillik darsining mavzusi – «Mustaqillik bu inson qadr-qimmatining kafolatidir». Shuningdek, xalqimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, inson qadrini ulug‘lash, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Tadbirga Sirdaryo viloyati diniy qo’mitaning Sirdaryo tumani bosh mutaxasisi J.Rahmatullayev taklif etildi. J.Rahmatullayev talabalarni mustaqilligimizning 31 yilligi bilan samimiy tabriklar ekan, ularga yuksak marralar sari dadil parvoz etib, ilm-ma’rifat cho’qqilarini zabt etishlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Fikr bildirish