Joriy yil 24 aprel sanasida Sirdaryo pedagogika kolleji Axborot kutubxonasida 1- bosqich 41 guruh o’quvchilari bilan «Kitobxon xaftaligi » doirasida «Adolatli jamiyatda ayol baxtli boladi» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda » Adolat» sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi deputati Elmurodov Saloxiddin, maxsus fan o’qituvchilari Lola Turdiqulova, ManzuraTurakulova, Axborot-kutubxona mutaxassisi Noila Qosimovalar qiziqarli suhbat va mavzuga oid savol-javoblar o’tkazdilar. Tadbir fikr-mulohazalarga boy bo`ldi.

Sirdaryo pedagogika kollejida 2024 yil 23- aprel kuni “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o’tkazildi.Sirdaryo pedagogika kolleji direktori R.Sulaymonov mahalladagi uyushmagan yoshlar, Sirdaryo kasb-hunar maktabi bitiruvchilari, 40-41-43 maktablarning 11-sinf o’quvchilari bilan hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, ularning muammo va istaklari haqida suhbatlashdi. Kollejda tayyorlanayotgan kasblar,2024-2025 o’quv yili qabuli haqida tushunchalar berdi. Yoshlar o’zlarining qiziqtirgan barcha savollariga to’liq javob olishdilar.

Joriy yilning 10 fevral kuni Sirdaryo pedagogika kollejida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan kollej o’quvchi -yoshlar o’rtasida “Navoiy yoshlar nigohida”mavzusida bellashuv o’tkazildi. Bellashuvda o’quvchi-yoshlar buyuk siymo hayoti va ijodi, asarlar tahlili, sahna ko’rinishlari, tezkor savol-javoblar asosida baxslashishdi. Ishtirok etgan guruh o’quvchilari “Eng izlanuvchan”, “Eng zukko”, “Eng is’tedodli” naminatsiyalari bo’yicha taqdirlandilar.