Muallif: yWqwpBx5Jl
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023 yil 20-noyabrdagi “Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan hamkorlikda pedagogika kollejlarining “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishida “2+2” qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 140-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo pedagogika kollejida dual ta’lim shaklining “Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi” kasbi bo’yicha ta’lim olayotgan 1-bosqich o’quvchilarining 2024-yilning 24-may kuni Puchon Universitetiga tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif davomida o’quvchilar 2+2 ta’lim dasturining mazmun-mohiyati, o’qish uchun yaratilgan sharoitlar, tahsil olayotgan o’quvchilar bilan yaqindan tanishishdilar.