O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023 yil 20-noyabrdagi  “Toshkent shahridagi  Puchon universiteti bilan hamkorlikda pedagogika kollejlarining “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishida    “2+2” qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 140-sonli buyrug’i  ijrosini ta’minlash maqsadida  Sirdaryo pedagogika kollejida  dual ta’lim shaklining  “Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi” kasbi bo’yicha  ta’lim olayotgan 1-bosqich o’quvchilarining  2024-yilning 24-may kuni Puchon Universitetiga   tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida o’quvchilar 2+2 ta’lim dasturining mazmun-mohiyati, o’qish uchun yaratilgan sharoitlar, tahsil olayotgan o’quvchilar bilan yaqindan tanishishdilar.

Sirdaryo pedagogika kollejida 2024 yil 15 may kuni «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri oʻtkazildi.Tadbirda Sirdaryo tuman mahalla xotin-qizlar faollari, MTT rahbarlari, maktab psixologlari va 11-sinf bitiruvchilari ishtirok etishdilar.Tadbirda 2024-2025 oʻquv yili uchun qabul jarayoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 dekabrdagi 647-son qarori asosida professional taʼlim muassasalariga yil davomida oʻquvchilarni dual taʼlim shaklida oʻqishga qabul qilish, mahallalardagi ishsiz, kasbga ega boʻlmagan xotin- qizlarni qisqa muddatli kurslarda jalb qilish haqida maʼlumotlar berildi.

Joriy yil 24 aprel sanasida Sirdaryo pedagogika kolleji Axborot kutubxonasida 1- bosqich 41 guruh o’quvchilari bilan «Kitobxon xaftaligi » doirasida «Adolatli jamiyatda ayol baxtli boladi» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda » Adolat» sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi deputati Elmurodov Saloxiddin, maxsus fan o’qituvchilari Lola Turdiqulova, ManzuraTurakulova, Axborot-kutubxona mutaxassisi Noila Qosimovalar qiziqarli suhbat va mavzuga oid savol-javoblar o’tkazdilar. Tadbir fikr-mulohazalarga boy bo`ldi.

Sirdaryo pedagogika kollejida 2024 yil 23- aprel kuni “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o’tkazildi.Sirdaryo pedagogika kolleji direktori R.Sulaymonov mahalladagi uyushmagan yoshlar, Sirdaryo kasb-hunar maktabi bitiruvchilari, 40-41-43 maktablarning 11-sinf o’quvchilari bilan hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, ularning muammo va istaklari haqida suhbatlashdi. Kollejda tayyorlanayotgan kasblar,2024-2025 o’quv yili qabuli haqida tushunchalar berdi. Yoshlar o’zlarining qiziqtirgan barcha savollariga to’liq javob olishdilar.