Joriy yilning 26-avgust kuni Sirdaryo pedagogika kollejida viloyat professional ta’lim muassasalaridan pedagog o’qituvchilari ishtirokida «Ta’lim, san’at va madaniyat» bo’yicha sho’’ba yig’ilishi bo’lib o’tdi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar bermoqda. Sho’’ba yig’ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional Read More …
Joriy yilning 14- iyun sanasida 1- bosqich «Maktabgacha talim tashkiloti tarbiyachisi» yo’nalishining 41- guruh o’quvchilari o’rtasida «Ovozli o’qish soati» tadbiri o’tkazildi. Tadbirda davriy nashrlarda chop qilingan kitobxonlik madaniyati mavzusiga oid maqolalar ovozli o’qib eshittirildi va muhokama qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023 yil 20-noyabrdagi “Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan hamkorlikda pedagogika kollejlarining “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishida “2+2” qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 140-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo pedagogika kollejida dual ta’lim shaklining “Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi” kasbi bo’yicha ta’lim olayotgan 1-bosqich o’quvchilarining 2024-yilning 24-may kuni Puchon Universitetiga tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif davomida o’quvchilar 2+2 ta’lim dasturining mazmun-mohiyati, o’qish uchun yaratilgan sharoitlar, tahsil olayotgan o’quvchilar bilan yaqindan tanishishdilar.