🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 6-martdagi 43-son buyrugʻi, Maktabgacha taʼlim agentligining 11-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
🔹Ushbu jarayon xalqaro loyihalar asosida, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda amalga oshirilmoqda.
🔹Mazkur yo‘nalishda Sirdaryo viloyatida o‘quv haftaligi o‘tkazildi. Jumladan, “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” mavzusida zamonaviy metodikalar, ilg‘or xorijiy tajribalar va psixologik yondoshuvlarning uzviyligi bo‘yicha seminar tashkil etildi. Unda tuman, shaharlardan 22 nafar maktabgacha ta’lim uslubchilari ishtirok etdi.