Bo'lim: Uncategorized
Joriy yilning 8 aprel kuni Sirdaryo pedagogika kollejining Axborot kutubxonasida Buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.Tadbirda «Maktabgacha taʼlim» yoʻnalishi 41-guruh oʻquvchilari sohibqiron Amir Temurning hayot faoliyati, hikmatli soʻzlari, hamda meʼmoriy merosi haqida maʼlumot berdilar.
2024 yil 2 aprel kuni Sirdaryo pedagogika kolleji maxsus fan oʻqituvchisi M.Abduraxmonova Sayxunobod tumanidagi Sport, musiqa va sanʼat maktablariga hamda, «Gulbuloq»MFY ga tashrif buyurib, targʻibot ishlarini o’tkazdi.
Joriy yilning 19 mart kuni Sirdaryo pedagogika kollejida Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning tavallud ayyomiga bagʻishlangan «Oliy baxtim sheʼriyatim»mavzusida tadbir oʻtkazildi. Tadbirga tuman axborot kutubxona markazi mutaxassislari taklif qilindi.
Sirdaryo pedagogika kollejida 2024 yil 1 mart kuni «Kasbim mening kelajagim» mavzusida koʻrik-tanlov boʻlib oʻtdi. Koʻrik tanlovda oʻquvchilar tarbiyachi kasbini ulugʻlash, bola tarbiyasida tarbiyachining oʻrni va bolalarda milliy qadriyatlarni rivojlantirish shartlari boʻyicha bellashdilar. Koʻrik-tanlov ishtirokchilari kollej maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi.
Joriy yil 15 fevral kuni Sirdaryo pedagogika kolleji Axborot kutubxonasida Ozbekiston xalq shoiri Tora Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bagishlangan » Siylangan joyda inson aziz» nomli tadbir otkazildi. 1- bosqich sirtqi bolim oquvchilari tomonidan shoir ijodidan sherlar ifodali oqildi, slayd orqali shoir hayoti va ijodi namoyish etildi. Korgazmadagi kitoblar sharhi otkazildi.
Joriy yilning 10 fevral kuni Sirdaryo pedagogika kollejida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan kollej o’quvchi -yoshlar o’rtasida “Navoiy yoshlar nigohida”mavzusida bellashuv o’tkazildi. Bellashuvda o’quvchi-yoshlar buyuk siymo hayoti va ijodi, asarlar tahlili, sahna ko’rinishlari, tezkor savol-javoblar asosida baxslashishdi. Ishtirok etgan guruh o’quvchilari “Eng izlanuvchan”, “Eng zukko”, “Eng is’tedodli” naminatsiyalari bo’yicha taqdirlandilar.
Joriy yilning 9 fevral kuni Sirdaryo pedagogika kolleji axborot kutubxonasida 1-bosqich » Kutubxonashunoslik»yonalishi oquvchilari va shaxardagi 2-sonli Maktabgacha talim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bilan » Yetti iqlimda mashhur» nomli tadbir otkazildi.
Joriy yilning 19 yanvar kuni Sirdaryo pedagogika kolleji Axborot kutubxonasida dual taʼlim 35-guruh oʻquvchilari tomonidan Abdulla Qodiriyning «Oʻtkan kunlar» asari taqdimoti oʻtkazildi. Taqdimot soʻngida guruh oʻquvchilari kutubxonaga badiiy kitoblar sovgʻa qildilar.
Sirdaryo pedagogika kollejida amaliy seminar tashkil etildi
✨Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish kafedrasi mudiri dotsent B. Sh. Kurbanov va kafedra dotsenti O. I. Gizatulinalar Sirdaryo pedagogika kollejiga hamkorlik doirasida ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Sirdaryo pedagogika kollejiga tashrif buyurdilar. ⚡️ Tashrif davomida kollej kutubxona-resurs markazi xodimlariga kutubxonashunoslik Read More …