Sirdaryo pedagogika kollejida amaliy seminar tashkil etildi

✨Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish kafedrasi mudiri dotsent B. Sh. Kurbanov va kafedra dotsenti O. I. Gizatulinalar Sirdaryo pedagogika kollejiga hamkorlik doirasida ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Sirdaryo pedagogika kollejiga tashrif buyurdilar.

⚡️ Tashrif davomida kollej kutubxona-resurs markazi xodimlariga kutubxonashunoslik ishi bo‘yicha tavsiyalar berildi, shuningdek, kollej professor-o‘qituvchilari ishtirokida ta’limni raqamlashtirish jarayonlariga bag‘ishlangan mahorat darsi hamda professor-o‘qituvchilar ilmiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Fikr bildirish