Sirdaryo viloyati professional ta’lim muassasalarini yangi o’quv yiliga tayyorgarligi bo’yicha joylarda Avgust kengashlari, sho‘ba yig‘ilishlari “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida davom etmoqda.

Joriy yilning 26-avgust kuni Sirdaryo pedagogika kollejida viloyat professional ta’lim muassasalaridan pedagog o’qituvchilari ishtirokida «Ta’lim, san’at va madaniyat» bo’yicha sho’’ba yig’ilishi bo’lib o’tdi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sho’’ba yig’ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti Innovatsion ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari falsafa doktori, PhD Sirojiddinova Nodira Rivojiddinovna «2024-2025 o’quv yilida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda ommalashtirilgan o’qitish materiallari to’plamlari» to’g’risida taqdimot qildi.

Fikr bildirish