O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ta’lim to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy
qoidalar
1-modda.
Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu
Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik
Ta’lim
to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan
iboratdir.
Agar
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
ta’lim to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasi.
3-modda.
Asosiy tushunchalar
Ushbu
Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat
akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek
nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb
yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim
talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof
etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni
topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon;
davlat
ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat
mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga
va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa;
davlat
ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan
belgilanadigan talablar majmui;
davlat
ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish
shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy,
intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar;
malaka
— shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini
ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan
bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi;
mutaxassislik
— malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat
ta’lim tashkiloti — davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va
o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga
oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida yoki xabardor qilish tartibida
ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
(3-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)
tarbiya
— aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har
tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va
dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta’lim
— ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar
berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda
ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan
tizimli jarayon;
ta’lim
kampusi — yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy-tadqiqot
institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni,
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini,
laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport
inshootlarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini o‘z ichiga olgan binolar hamda
inshootlar majmuidan iborat bo‘lgan, o‘quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy
tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti;
ta’lim-tarbiya
jarayoni ishtirokchilari — ta’lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta’lim
oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va
ularning vakillari;
ta’lim
tashkilotlari attestatsiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash,
davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga
muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha
davlat nazoratining asosiy shakli.
4-modda.
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar
Ta’lim
sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim
ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim
olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim
sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
ta’lim
olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim
va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim
va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning
uzluksizligi va izchilligi;
o‘n
bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir
yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat
ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma
uchun ochiqligi;
o‘quv
dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning
butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda
pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim
tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik,
qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
ta’lim
tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
ta’lim
faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
5-modda.
Ta’lim olish huquqi
Jinsi,
irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va
ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar
kafolatlanadi.
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi.
Ta’lim
olish huquqi:
ta’lim
tashkilotlarini rivojlantirish;
ta’lim
tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini
innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish;
ishlab
chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki,
masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;
kadrlarni
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
umumiy
o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni bepul olish;
oilada
yoki mustaqil o‘qish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o‘rta
ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o‘tgan davlat ta’lim muassasalarida
eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet
ellik fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va
qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ta’lim olish
uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
2-bob. Ta’lim
tizimi, turlari va shakllari
6-modda.
Ta’lim tizimi
Ta’lim
tizimi:
davlat
ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv
dasturlarini;
davlat
ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga
oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;
ta’lim
sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
ta’lim
tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur
bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
ta’lim
sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi
tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim
tizimi yagona va uzluksizdir.
7-modda.
Ta’lim turlari
Ta’lim
turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha
ta’lim va tarbiya;
umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional
ta’lim;
oliy
ta’lim;
oliy
ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan
tashqari ta’lim.
8-modda.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Maktabgacha
ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual,
ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga,
shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim
turidir.
Maktabgacha
ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich
ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
30-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli qarori, “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada
rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-3651-sonli qarori, “Maktabgacha
ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-3955-sonli qarori.
Maktabgacha
ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha
ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va
tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining 9-bobi.
9-modda.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
Umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka
hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy
o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich
ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch
o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta
ta’lim (X — XI sinflar).
Umumiy
o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga
to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
Boshlang‘ich
ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur
bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga
qaratilgan.
Tayanch
o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va
ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil
qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Tayanch
o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha
birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional
tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.
O‘rta
ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka
va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi
tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini
ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Professional
tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek ta’lim oluvchilarni yuqori
malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonunchilikda
belgilanadi.
(9-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Umumiy
o‘rta ta’lim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy
bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi.
O‘rta
maxsus ta’lim akademik litseylarda to‘qqiz yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida
ikki yil mobaynida amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning intellektual
qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan,
kasb-xunarga va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim to‘lov-shartnoma
asosida amalga oshirilishi mumkin.
Iqtidorli
va iste’dodli bolalarning qobiliyatini rivojlantirish uchun Prezident, ijod va
boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab-internatlar tashkil
etilishi mumkin.
Jismoniy,
aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq
vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv
shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi.
Umumiy
o‘rta ta’lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) ta’lim oluvchilar soni
o‘ttiz besh nafardan oshmasligi kerak.
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil
7-avgustdagi 173-sonli “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat
ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi qarori.
10-modda.
Professional ta’lim
Professional
ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z
ichiga oladi:
boshlang‘ich
professional ta’lim;
o‘rta
professional ta’lim;
o‘rta
maxsus professional ta’lim.
Boshlang‘ich
professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida
bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va
mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida
amalga oshiriladi.
O‘rta
professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida
kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda,
davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari
bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda boshlang‘ich professional
ta’lim negizida amalga oshiriladi.
O‘rta
maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat
buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning
murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan
kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ushbu
Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik
umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan fuqarolar
ham o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim olish huquqiga ega.
Kasb-hunar
maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning o‘zi tanlagan kasbga
va mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Fuqarolar
shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni olish
huquqiga ega.
11-modda.
Oliy ta’lim
Oliy
ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha
yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy
ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar,
akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n
bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik
o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch
o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar,
shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
(to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi)
olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.
Oliy
ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat
oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va
ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy
ta’limdir.
Magistratura
tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi
kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
Magistratura
mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi
tomonidan belgilanadi.
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil
2-martdagi 36-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi nizom.
Fuqarolar
shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish huquqiga ega.
LexUZ
sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi
va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1844,
21.08.2008-y.).
12-modda.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
Oliy
ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy
ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya
qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib
borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil
izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar
tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch
doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga
da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha
oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura
fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar
uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy
va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim
shakli hisoblanadi.
Mustaqil
izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori
(Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab
chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli
hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy
va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish
tartibi, shuningdek harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim tashkilotlarida oliy
ta’limdan keyingi ta’lim olish xususiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
Oliy
ta’limdan keyingi ta’limning davom etish muddati qonunchilikda belgilanadi.
(12-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari O‘zbekiston
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil
28-dekabrdagi 365-sonli “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
13-modda.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Kadrlarni
qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan
yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim,
malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar
malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi
hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi
va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari
tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
16-fevraldagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2001-yil 4-oktabrdagi 400-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
14-modda.
Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalarning
ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat
tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishidagi
maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Maktabdan
tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida
ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini
qanoatlantirishga qaratilgan.
Maktabdan
tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari,
uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari,
bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari,
studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi.
Maktabdan
tashqari ta’lim berish tartibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi
organi tomonidan belgilanadi.
LexUZ
sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-fevraldagi 59-son
qarori bilan tasdiqlangan “Maktabdan tashqari ta’lim muassasasi to‘g‘risida”gi nizom.
15-modda.
Ta’lim olish shakllari
Ta’lim
olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab
chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab
chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual
ta’lim;
oilada
ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta
yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
inklyuziv
ta’lim;
eksternat
tartibidagi ta’lim;
mudofaa,
xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
16-modda.
Masofaviy ta’lim
Masofaviy
ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan
zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib
olishga qaratilgan.
Masofaviy
ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
17-modda.
Dual ta’lim
Dual
ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga
qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy
qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual
ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
18-modda.
Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish
Davlat
oilada ta’lim olishga va mustaqil ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarning
oilada ta’lim olishi va mustaqil ta’lim olish uslubiy va maslahat yordami
ko‘rsatilgan holda tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oilada
ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish tartibi, shuningdek ta’lim oluvchilarning
toifalari ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan
belgilanadi.
Oilada
ta’lim olish bolalar, oila, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda
davlat ta’lim muassasasi hamda ta’lim oluvchilarning ota-onasi yoki boshqa
qonuniy vakillari o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil
ta’lim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda ta’lim oluvchilarni kasbiy,
intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi.
Oilada
ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni berish davlat ta’lim muassasalarining
tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq eksternat tartibida amalga oshiriladi.
19-modda.
Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish
Katta
yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish butun umr davomida o‘qitishning
markaziy tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim berish hamda o‘qitishning jamiyat
hayotida va mehnat faoliyatida katta yoshdagilarning ishtirok etishini
ta’minlashga qaratilgan barcha shakllarini o‘z ichiga oladi, shuningdek rasmiy,
norasmiy va informal o‘qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab oladi.
Rasmiy
ta’lim davlat ta’lim muassasalari hamda davlat tomonidan tan olingan
akkreditatsiyadan o‘tgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ishtirokidagi
institutsionallashtirilgan (muayyan qoidalar va normalarni
mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan
ta’limdir.
Norasmiy
ta’lim ta’lim xizmatlari taqdim etilishini ta’minlovchi shaxs yoki tashkilot
tomonidan institutsionallashtirilgan (muayyan qoidalar va normalarni
mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan bo‘lib,
shaxsni butun hayoti davomida o‘qitishdagi rasmiy ta’limga qo‘shimcha va (yoki)
uning muqobilidir.
Informal
ta’lim aniq maqsadga yo‘naltirilgan, ammo institutsionallashtirilmagan (muayyan
qoidalar va normalarni mujassamlashtirmagan), rasmiy yoki norasmiy ta’limdan
ko‘ra kamroq tashkillashtirilgan va tarkiblashtirilgandir hamda oiladagi, ish
joyidagi, yashash joyidagi va kundalik hayotdagi o‘quv faoliyatini o‘z ichiga
olishi mumkin.
20-modda.
Inklyuziv ta’lim
Inklyuziv
ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning
xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim
tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga
qaratilgan.
Jismoniy,
aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun
ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
Inklyuziv
ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
21-modda.
Eksternat tartibidagi ta’lim
Eksternat
tartibidagi ta’lim olish o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni
o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim
muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab etadi.
Eksternat
tartibidagi ta’lim olishni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
22-modda.
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni
tayyorlash
Oldingi tahrirga qarang.
Mudofaa,
xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash
ularning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qonunchilikka muvofiq
amalga oshiriladi.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-bob. Ta’lim
tizimini boshqarish
23-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ta’lim
sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
ta’lim
sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini
ta’minlaydi;
ta’lim
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ta’lim
tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, pedagog
kadrlarni va ilmiy xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, nodavlat ta’lim
tashkilotlariga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish
huquqini beradigan litsenziyalar (bundan buyon matnda litsenziya deb
yuritiladi) berish vakolatli organni ushbu sohada faoliyat boshlash to‘g‘risida
xabardor qilish, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarga apostil qo‘yish tartibini
belgilaydi;
(23-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)
LexUZ
sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli
“Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini
attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori,
2009-yil 11-fevraldagi 40-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kasb-hunar
kollejlari o‘quvchilari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
pedagogik
kadrlarni ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilish va ular faoliyatini
baholash tartibini belgilaydi;
xorijiy
davlatlarning ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim
faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga doir ruxsatnomalar beradi;
xorijiy
davlatlarda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini
belgilaydi;
davlat
namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlaydi va davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar berish tartibini
belgilaydi;
eksternat
tartibida o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar
va kasblar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
faqat
davlat ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari,
mutaxassisliklar va kasblar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
davlat
ta’lim muassasalari va tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi;
davlat
oliy ta’lim muassasalari rektorlarini, shuningdek davlat ishtirokida tashkil
etiladigan oliy ta’lim tashkilotlari (davlat ulushi bo‘lgan nodavlat oliy
ta’lim tashkilotlari, qo‘shma ta’lim muassasalari, davlat-xususiy sheriklik
asosida tashkil etiladigan ta’lim muassasalari va boshqalar) rektorlarini
(rahbarlarini) lavozimga tayinlaydi hamda egallab turgan lavozimidan ozod
etadi;
ta’lim
oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim tashkilotidan boshqasiga
ko‘chirish, shuningdek ularni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash
tartibini belgilaydi;
ta’lim
tashkilotlari reytingini aniqlash tartibini belgilaydi;
kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;
mehnat
bozori talablarini prognoz va tahlil qilish asosida ta’lim tashkilotlarida
kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmalarini shakllantiradi;
ta’lim
tashkilotlariga nisbatan moddiy-texnik, infratuzilmaviy va parametrik
talablarni belgilaydi;
darsliklar
va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash hamda nashr etish tartibini, shuningdek
ularni yetkazib berishga va ulardan ta’lim tashkilotlarida foydalanishga
qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi.
24-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Ta’lim inspeksiyasi deb yuritiladi)
ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi,
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati
ustidan nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan, ta’lim sohasidagi
maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir.
Ta’lim
inspeksiyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
ta’lim
tashkilotlarini (bundan maktabdan tashqari ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi
nodavlat ta’lim tashkilotlari mustasno) attestatsiyadan va davlat
akkreditatsiyasidan, shuningdek ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini
attestatsiyadan o‘tkazadi;
(24-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)
ta’lim
tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati monitoringini amalga
oshiradi;
maktabgacha,
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim
tashkilotlarining pedagog xodimlariga lavozimlar va malaka toifalarini berish
jarayonini nazorat qiladi hamda unda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat
ta’lim tashkilotlariga litsenziyalar beradi faoliyatini xabardor qilish
tartibida amalga oshiradigan shaxslardan xabarnomalar qabul qiladi va ularning
reyestrini yuritadi;
(24-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)
ta’lim
tashkilotlarining reytingini aniqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
aniqlangan
ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari yuzasidan tegishli davlat
boshqaruvi organlariga va ta’lim tashkilotlariga taqdimnomalar kiritadi.
(24-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi
mumkin.
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risida nizomning 11-bandi.
25-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining ta’lim sohasidagi
vakolatlari
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi:
Prezident,
ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish
va tarbiyalash sohasida davlat siyosatini ishlab chiqadi va uni amalga
oshiradi;
Prezident,
ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun davlat ta’lim standartlarini
tasdiqlaydi;
davlat
ta’lim standartlariga muvofiq Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar
faoliyatini yagona tarzda muvofiqlashtirishni hamda unga uslubiy rahbarlik
qilishni amalga oshiradi;
Prezident,
ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlaydi, mazkur maktablarda bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish
ishlarini monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi qonunchilikka muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish
to‘g‘risida”gi Farmonining 3-bandi.
26-modda.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari
O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi
organlaridir.
Ta’lim
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida:
ta’lim
sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
ta’lim
sohasidagi tarmoq davlat dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga
oshiradi;
ta’lim
tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik
qilishni amalga oshiradi;
davlat
ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat
standarti) va davlat ta’lim talablarida kadrlarning ma’lumoti darajasiga va
kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo‘yilgan talablarning ta’lim tashkilotlari
tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat
ta’lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat
standartini) va davlat ta’lim talablari ishlab chiqilishini ta’minlaydi va
ularni tasdiqlaydi;
ta’lim
oluvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash tartibini belgilaydi;
professional
ta’limning kasblar va mutaxassisliklar, oliy ta’limning bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, shuningdek bilim sohalari va
ta’lim sohalari ro‘yxatini belgilaydi;
ta’lim-tarbiya
jarayoniga o‘qitishning ilg‘or shakllari, yangi pedagogik texnologiyalar,
o‘qitishning texnik va axborot vositalari joriy etilishini ta’minlaydi;
ta’lim
tashkilotlarida kadrlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, o‘quv dasturlarini takomillashtiradi;
o‘quv
adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etadi;
o‘zlashtirishni
baholashga, o‘quv jarayonini, ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat
attestatsiyasini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi,
shuningdek eksternat tartibida ta’lim oluvchilarning toifalarini belgilaydi;
davlat
oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
ta’lim
tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni
va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
ta’lim
tashkilotlarida moddiy-texnika resurslaridan foydalanishga doir talablarni
ishlab chiqadi;
ta’lim
sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
ta’lim
sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
27-modda.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari
Mahalliy
davlat hokimiyati organlari:
ta’lim
sohasidagi vakolati davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda davlat
ta’lim muassasalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, bundan
respublika tasarrufidagi ta’lim muassasalari mustasno;
o‘z
vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta’lim muassasalari uchun
moliyalashtirish hajmini belgilaydi;
fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish
masalalari yuzasidan hamkorlik qiladi;
davlat
umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni
(mikrouchastkalarni) belgilaydi;
ta’lim
sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashadi;
ta’lim
oluvchilar uchun sifatli ta’limni, tarbiyani ta’minlash, ularning iste’dodini
shakllantirish va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar
yaratish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi;
o‘z
vakolatlari doirasida ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni
rivojlantiradi va nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga
ko‘maklashadi;
umumiy
o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga
ko‘maklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy
davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
28-modda.
Ta’lim tashkilotini boshqarish
Ta’lim
tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi:
pedagogik
kengash;
kuzatuv
(vasiylik) kengashi;
oliy
ta’lim tashkilotining kengashi;
ta’lim
tashkilotining rahbari.
Ta’lim
tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
Ta’lim
tashkilotlarini boshqarishda va kadrlar tayyorlashda kadrlar talabgorlari
ishtirok etadi.
4-bob. Ta’lim
faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish
29-modda.
Ta’lim tashkilotlarining huquqiy maqomi
O‘zbekiston
Respublikasining ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek
xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlarining filiallari yuridik shaxs maqomi
bilan tashkil etiladi.
Oilaviy
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklidagi ta’lim xizmatlari yakka
tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tomonidan
amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran ta’lim faoliyati bilan
shug‘ullanishga haqli bundan ushbu Qonunning 571-moddasida nazarda tutilgan
hollar mustasno.
(29-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ta’lim
tashkilotlari o‘z faoliyatini ustav va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlari asosida
yuritadi.
Ta’lim
tashkilotlari o‘quv-tarbiya va o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualariga
birlashishga haqli.
Ta’lim
tashkilotlarida siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
30-modda.
Ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
Davlat
oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning
filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional
ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
bilan tashkil etiladi.
Iqtisodiyotning
va ijtimoiy sohaning oliy ma’lumotli malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini,
shuningdek aholining oliy ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirish
maqsadida mamlakat hududida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari
(markazlari, ta’lim kampuslari) va boshqa bo‘linmalari tashkil etilishi mumkin.
Xorijiy
oliy ta’lim tashkilotlarining bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasida yuridik
shaxs maqomi bilan tashkil etiladi.
Xorijiy
oliy ta’lim tashkilotlarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning ta’lim
muassasalari filiallari (markazlari, ta’lim kampuslari) va boshqa bo‘linmalari
faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki
Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinishi mumkin.
Kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha davlat ta’lim
muassasalari:
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan institutlar va markazlar shaklida;
tegishli
vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy
ta’lim muassasalarining fakultetlari va kurslari shaklida tashkil etiladi.
Davlat
umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari:
respublika
bo‘ysunuvida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari bilan kelishgan holda;
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘ysunuvida tegishincha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan
kelishilgan holda;
tumanlar
va shaharlar bo‘ysunuvida tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tashkil
etiladi.
Nodavlat
ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga
oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
(30-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ta’lim
tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risidagi
ma’lumotlar davlat statistika organlariga, Ta’lim inspeksiyasiga hamda
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy
organlariga taqdim etiladi.
31-modda.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi, bundan
maktabdan tashqari ta’limni, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari mustasno.
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)
LexUZ
sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli
“Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini
attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlari litsenziya talablariga va shartlariga muvofiq ta’lim
xizmatlari ko‘rsatadi.
Davlat
ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kadrlar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim
xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim tashkilotlari tomonidan bitiruvchilarga davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilishi mumkin.
Bunda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat
ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim tashkilotlari belgilangan tartibda
attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tishi kerak.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga
asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Mustaqil
ishlab chiqilgan va litsenziyada ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim
xizmatlari ko‘rsatadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga
O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni
beradi.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish
va yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan pedagog kadrlar va boshqa kadrlarni jalb
qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha
o‘qitish ta’lim oluvchi yoxud uning ota-onaci yoki boshqa qonuniy vakillari va
nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan, o‘qitish muddatlari,
shartlari va to‘lovlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa
shartlar belgilanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
32-modda.
Ta’lim tashkilotining ustavi
Ta’lim
tashkilotining ustavi ta’lim turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga
olgan holda ishlab chiqiladi.
Ta’lim
tashkilotining ustavida, qoida tariqasida, quyidagilar ko‘rsatiladi:
ta’lim
turi va shakli;
ta’lim
tashkilotining maqsad va vazifalari;
o‘quv-tarbiyaviy
va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish hamda mazmuni;
ta’lim
tashkilotiga qabul qilish tartibi;
ta’lim
tashkilotining tuzilmasi, boshqaruv organlari va jamoatchilik tuzilmalari;
ta’lim
oluvchilar, pedagog kadrlar, o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha xodimlar,
ma’muriy-boshqaruv xodimlarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari;
ta’lim
tashkilotining mol-mulki va vositalari;
ta’lim
tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Ta’lim
tashkilotining namunaviy ustavi:
umumiy
o‘rta ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktabdan tashqari
ta’lim tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan;
Prezident,
ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni
rivojlantirish agentligi tomonidan;
oliy
ta’lim muassasalari huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktablar, o‘rta maxsus,
professional va oliy ta’lim tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan;
kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim tashkilotlari
uchun — tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan ishlab
chiqiladi.
Ta’lim
tashkilotining ustavi ta’lim tashkilotining ta’sischilari tomonidan
tasdiqlanadi va hududiy tegishlilik bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi
tomonidan ro‘yxatga olinadi.
33-modda.
Ta’lim berish tili
Ta’lim
tashkilotlarida o‘qitish tilidan foydalanish tartibi “Davlat tili haqida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
bilan tartibga solinadi.
LexUZ
sharhi
Qarang: “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining 6-moddasi.
34-modda.
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari
Davlat
ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim
mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilaydi.
Davlat
ta’lim talablari:
maktabdan
tashqari ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini;
ta’lim
tuzilmasini va ta’limni amalga oshirish shartlarini;
ta’lim
oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy va kasbga oid sifatlari
to‘g‘risidagi normalarni belgilaydi.
Maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti
qo‘llaniladi.
Davlat
ta’lim standartlarini va (yoki) davlat ta’lim talablarini bajarish barcha
ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar
mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada yoki xabarnomada
ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari
mumkin.
(34-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat ta’lim standartlari,
malaka talablari, oliy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim hamda professional
ta’limning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarini
belgilaydi.
Tayanch
davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari kadrlarning talabgorlari
ishtirokida davlat ta’lim standartlarini, malaka talablarini, o‘quv rejalari va
o‘quv dasturlarini tayyorlashni amalga oshiradi. Davlat ta’lim standartlari
kasbiy standartlar asosida ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim
standartlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Oliy,
professional, o‘rta maxsus va umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim
standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari tegishincha
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi
vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi
tomonidan tasdiqlanadi. Tegishli vakolatlar berilgan boshqa vazirliklar, davlat
qo‘mitalari va idoralar davlat ta’lim standartlarini O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi
hamda tasdiqlaydi.
Davlat
ta’lim talablari ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi
organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Jismoniy,
aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish maxsus
o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat oliy ta’lim
muassasalariga mustaqil ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv dasturlari,
malaka talablari hamda o‘quv rejalari asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish
bo‘yicha vakolatlarni berishi mumkin.
35-modda.
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish
O‘quv
rejalari va o‘quv dasturlari tegishli ta’lim bosqichlarining maqsad hamda
vazifalari asosida ishlab chiqiladi.
Tegishli
davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlaridagi o‘quv rejalari va o‘quv
dasturlarining mazmuni, ularni ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Umumta’lim
fanlarining o‘quv dasturlari shaxsni har tomonlama kamol toptirishga, ta’lim
oluvchilarda bilim, malaka, ko‘nikmalarni, saviyani shakllantirishga va
ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Kasbga
oid fanlarning o‘quv dasturlari ta’lim oluvchilar tomonidan tegishli kasblar va
mutaxassisliklarni egallashga qaratilgan.
Ta’lim
jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish ta’lim
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘quv
rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish jarayonida zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, o‘qitishning innovatsion shakllari va usullari,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llaniladi.
Ta’lim
jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish chog‘ida ta’lim
tashkilotlari kredit-modul tizimiga asoslangan o‘qitish texnologiyalaridan
foydalanishi mumkin.
O‘quv
rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, o‘qitishning
boshlanishi, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar,
amaliyot, ta’tillar hamda attestatsiya, ajratilgan haftalar soni,
o‘rganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda
boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.
Professional
va oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga
doir o‘quv rejalarda ta’lim oluvchilar uchun amaliyot o‘tash nazarda tutiladi.
Ta’lim
oluvchilarning amaliyotni o‘tash tartibi va uni tashkil etish ta’lim sohasidagi
vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Professional
va oliy ta’limga doir o‘quv rejalari davlat ta’lim standartlariga muvofiq
mutaxassislik fanlaridan, shuningdek umumkasbiy, matematika, tabiiy-ilmiy,
gumanitar va qo‘shimcha fanlardan shakllantiriladi.
O‘quv
rejalariga davlat boshqaruvi organlarining topshiriqlariga asosan va ushbu
Qonunda nazarda tutilmagan boshqa yo‘l bilan qo‘shimcha fanlarni kiritishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
36-modda.
Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat
Ta’lim
sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni modernizatsiya qilish
maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini
ishlab chiqishga, ularni sinovdan o‘tkazishga hamda ta’lim jarayoniga joriy
etishga qaratilgan. Eksperimental va innovatsion faoliyatni amalga oshirish
tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Ta’lim
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati
organlari innovatsion o‘quv dasturlari va loyihalarini amalga oshirish hamda
ularning natijalarini amaliyotga joriy etish uchun o‘z vakolatlari doirasida
shart-sharoitlar yaratadi.
Iqtisodiy
rivojlanish va innovatsion faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat
tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari
natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish uchun tegishli
shart-sharoitlar, shuningdek oliy ta’lim tashkilotlari ta’lim jarayonining
yanada takomillashtirilgan shakllariga bosqichma-bosqich o‘tishi uchun
imkoniyatlar yaratiladi.
Ta’lim
tashkilotlari eksperimental va innovatsion faoliyatda masofaviy ta’lim
texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.
37-modda.
Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi
Ta’lim
tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ularning rasmiy
veb-saytlarida Internet jahon tarmog‘ida joylashtiriladigan ta’lim
tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi ochiq axborot resurslari bilan
ta’minlanadi.
Ta’lim
tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylashtiradi:
ta’lim
tashkilotining ustavi;
ta’lim
berish tillari haqida ma’lumot;
davlat
ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari;
ta’lim
faoliyatining moddiy-texnika ta’minoti haqida ma’lumot;
litsenziya
(nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun);
ta’lim
tashkilotining reytingi;
ta’lim
faoliyatini amalga oshirish uchun davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi
sertifikat;
ilmiy
tadqiqotlar yo‘nalishlari va natijalari, shuningdek ularni amalga oshirish
uchun ilmiy-tadqiqot bazasi to‘g‘risidagi ma’lumot (oliy ta’lim uchun);
ta’lim
oluvchilarga stipendiyalar berish tartibi, ularga ijtimoiy yordam
ko‘rsatishning mavjudligi va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumot;
vaqtincha
yashash joylarining mavjudligi va yashash joylarining soni, shuningdek to‘lov
miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot;
pedagoglar
va ta’lim oluvchilarning soni, shuningdek pedagoglarning ilmiy salohiyati
to‘g‘risidagi ma’lumot.
Ta’lim
tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladigan axborotning
ishonchligini ta’minlash uchun ta’lim tashkilotlarining rahbarlari shaxsan
javobgardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ayrim
ta’lim tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish
qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda cheklanishi mumkin.
(37-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
38-modda.
Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta’lim olishga
doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi,
shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonunchilikka muvofiq
imtiyozlar berilishi mumkin.
(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy
vakillarini ustav, litsenziya yoki xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risidagi
tasdiqnoma (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi
to‘g‘risidagi sertifikat (bundan maktabdan tashqari nodavlat ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari mustasno), o‘quv dasturi hamda
ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, o‘quvchilarning
huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Jismoniy,
aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar o‘qishga o‘z
ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Ayrim
ta’lim tashkilotlariga (oliy ta’lim muassasalariga, akademik litseylarga,
Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) o‘qishga qabul
qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Ta’lim tashkilotlariga tanlov asosida
o‘qishga qabul qilish chog‘ida tanlov ishtirokchilariga tanlovni o‘tkazish
tartibi to‘g‘risidagi axborot taqdim etiladi.
Davlat
oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat
granti va (yoki) to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat
ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibi ushbu ta’lim tashkilotlari
tomonidan belgilanadi.
Chet
ellik fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim muassasalariga
qabul qilish to‘lov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar
mustasno) amalga oshiriladi.
Oliy
ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oliy
ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish chog‘ida imtiyozli kontingent uchun
qo‘shimcha qabul parametrlari belgilanadi.
39-modda.
Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish
Davlat
ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish tegishli hududlarning,
sohalar va tarmoqlarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
ular uchun belgilangan ta’lim oluvchilarni qabul qilish parametrlari doirasida
amalga oshiriladi.
Davlat
ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish kadrlar buyurtmachilari,
davlat ta’lim muassasalari va fuqarolar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar
asosida amalga oshiriladi.
Davlat
ta’lim muassasalariga maqsadli qabul qilish tartibida o‘qishga kirish umumiy
asoslarda tanlov natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
40-modda.
Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat
Akkreditatsiya
qilingan ta’lim tashkilotlarining davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim
talablariga muvofiq ta’lim olgan bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat,
guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim
to‘g‘risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil ta’lim olgan hamda
akkreditatsiya qilingan davlat ta’lim muassasalarining tegishli o‘quv
dasturlari bo‘yicha eksternat tartibida yakuniy va davlat attestatsiyasidan
o‘tgan shaxslarga ham beriladi.
O‘rta
maxsus ta’lim, professional ta’lim hamda oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomga
o‘zlashtirilgan fanlar ro‘yxati, ularning hajmlari va fanlar bo‘yicha baholari
yozilgan varaqa ilova qilinadi.
Tegishli
ilmiy darajani olish uchun dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga falsafa
doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc)
ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom
topshiriladi.
O‘zbekiston
Respublikasining va xorijiy davlatlarning hukumatlari o‘rtasidagi ikki
tomonlama bitimlar asosida ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zaro tan olish
amalga oshirilishi mumkin.
Uzluksiz
ta’limning tegishli turini tamomlamagan shaxslarga belgilangan namunadagi
ma’lumotnoma beriladi.
Davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat, shuningdek
nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan beriladigan O‘zbekiston Respublikasida
tan olinadigan ta’lim to‘g‘risidagi hujjat uzluksiz ta’limning keyingi turi
(darajasi) bo‘yicha o‘qishni davom ettirish yoki tegishli mutaxassislik va kasb
bo‘yicha ishlash huquqini beradi.
Xorijiy
davlatlarning va O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim tashkilotlari
o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ularning bitiruvchilariga O‘zbekiston
Respublikasi hududida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan
olinadigan ikki tomonlama diplom (Double Diploma) berilishi mumkin.
41-modda.
Ta’lim tashkilotlarining reytingi
Ta’lim
tashkilotlarining reytingi:
ta’lim
tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
ilmiy-pedagogik
faoliyat darajasining o‘sishini va sifatining oshishini rag‘batlantirish;
pedagog
xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;
o‘qitish
sifatining yuqori ko‘rsatkichlariga erishish;
mehnat
bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadlarida
belgilanadi.
Reytingni
belgilash uchun ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning
ishonchliligi uchun ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar bo‘ladi.
42-modda.
Ta’lim tizimidagi monitoring
Ta’lim
tizimidagi monitoring ta’limning holatini, ta’lim natijalarining o‘zgarishi
sur’atlarini, ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan
shart-sharoitlarni o‘rganish va kuzatishni, shuningdek ta’lim oluvchilarning
kontingenti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va boshqaruv qarorlari qabul
qilinishini tahlil etishni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim
tashkilotlarining monitoringi Ta’lim inspeksiyasi, ta’lim sohasidagi vakolatli
davlat boshqaruvi organlari va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga
oshiriladi.
Ta’lim
holatining tahlili va uni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risidagi axborot
Ta’lim inspeksiyasining, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi
organlarining va ular hududiy bo‘linmalarining, shuningdek ta’lim
tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Ta’lim
tizimidagi ma’lumotlar jumlasiga rasmiy statistika ma’lumotlari, ta’lim tizimi
monitoringi natijalari, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi
organlarining va ular hududiy bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining hamda ta’lim tashkilotlarining ma’lumotlari kiradi.
43-modda.
Ta’lim sohasidagi davlat nazorati
Ta’lim
sohasidagi davlat nazorati berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati davlat
ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga,
shuningdek ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlash yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Ta’lim
tashkilotlari ta’lim sifati ustidan nazoratni amalga oshirishda Ta’lim
inspeksiyasiga, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga
ko‘maklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim
to‘g‘risidagi qonunchilikka nomuvofiqligi aniqlangan hollarda Ta’lim
inspeksiyasi nomuvofiqlikni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnoma
kiritadi. Aniqlangan nomuvofiqlik bartaraf etilmagan taqdirda Ta’lim
inspeksiyasi ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi
sertifikatini qonunchilikka muvofiq bekor qilishga haqli.
(43-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ta’lim
sifati ustidan nazorat qilish vakolatlariga ega bo‘lmagan organlar tomonidan
ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifatini, ta’lim jarayoni tashkil etilishini,
pedagog xodimlarining mehnat faoliyatini, ta’lim oluvchilarining
o‘zlashtirishini tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ta’lim
inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha
vakilni xabardor qilgan holda nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati
ustidan nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
5-bob. Ta’lim
tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi
44-modda.
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
Tegishli
ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega
shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani
tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar
qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, pedagogik oliy
ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan
keyin ta’lim tashkilotlarida (bundan oliy ta’lim tashkilotlari mustasno)
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
(44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ishlab
chiqarish ta’limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan professional
ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli.
Zarurat
bo‘lganda professional ta’lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta’limi
ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan,
oliy ma’lumoti bo‘lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo‘shimcha
mashg‘ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil
28-dekabrdagi 365-sonli “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
45-modda.
Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari
Pedagog
xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi,
ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy
shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini
amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi.
Ta’lim
tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va
ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
Ta’lim
tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim
oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatishga,
shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga
to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Pedagog
xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z
sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
o‘quv
dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish,
o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari,
kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko‘rsatish;
zamonaviy
pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin
tanlash hamda ulardan foydalanish;
kasbiy
faoliyatini amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratilishini
talab qilish;
o‘quv,
ilmiy va uslubiy yo‘nalishlardagi axborot-resurs markazlarining xizmatlaridan
bepul foydalanish;
davlat
ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini, o‘quv
rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ilmiy,
ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental faoliyatda
ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
ta’lim
tashkilotini boshqarishda, shuningdek ta’lim tashkilotining faoliyati bilan
bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
kasaba
uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari a’zosi bo‘lish, xodimlarining
vakillari bo‘lish, fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatida
qatnashish;
o‘z
kasbiy huquqlarini va umumiy manfaatlarni ifoda etish hamda himoya qilish uchun
pedagog xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish;
o‘z
kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;
davlat
sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish (davlat ta’lim
muassasalari va tashkilotlari uchun);
ta’lim
oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok
etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Pedagog
xodimlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(45-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Pedagog
xodimlarni ularning lavozim majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday
boshqa ishga jalb qilish taqiqlanadi.
46-modda.
Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog
xodimlar:
ta’lim-tarbiya
jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini
hurmat qilishi;
o‘quv
mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari
va usullaridan foydalanishi;
ta’lim
oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy
salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy,
sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun
shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi;
voyaga
yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi
yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
ta’lim
tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat
tartibi qoidalariga rioya etishi;
o‘z
malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga
muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
16-fevraldagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
tibbiy
ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Pedagog
xodimlarning zimmasida qonunchilikka, shuningdek ta’lim oluvchi va ta’lim
tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham
bo‘lishi mumkin.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Pedagog
xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika normalariga
zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.
Pedagog
xodimlarning kiyim-boshiga doir talablar ta’lim tashkilotlari tomonidan
belgilanadi.
6-bob. Ta’lim
oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va
majburiyatlari
47-modda.
Ta’lim oluvchilarning huquqlari
Ta’lim
oluvchilar quyidagi huquqlarga ega:
bepul
asosda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim
olish;
yashash
joyidagi (mikrohududdagi) davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul
qilinish;
ta’lim
olish shakllarini erkin tanlash;
davlat
ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq
sifatli ta’lim olish;
ta’lim
olish uchun o‘zining ruhiy xususiyatlari va fiziologik rivojlanishi inobatga
olingan holda zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lish, shuningdek bepul
psixologik-tibbiy xizmatlardan foydalanish;
davlat
ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, professional ta’lim
va oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga binoan ishlab chiqilgan,
o‘zi oladigan ta’limning mazmunini shakllantirishda ishtirok etish;
pedagog
xodimlar va ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan hayoti
va sog‘lig‘iga qilinadigan har qanday jismoniy hamda ruhiy zo‘ravonlikdan,
shaxsi haqoratlanishidan himoyalanish;
ta’lim
olish davrida dam olish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta’tillar olish;
akademik
ta’tillar va stipendiyalar olish, o‘qishni tiklash va o‘qishini boshqa ta’lim
tashkilotlariga, bir ta’lim shaklidan, kasbdan, ta’lim yo‘nalishidan,
mutaxassisligidan boshqasiga ko‘chirish;
ta’lim
tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
ta’lim
olish jarayonida ta’lim tashkilotining o‘quv, uslubiy, ilmiy-ishlab chiqarish,
madaniy, sport va maishiy obyektlari xizmatlaridan bepul foydalanish;
ta’lim
tashkilotining ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, ilmiy-texnikaviy,
eksperimental va innovatsion faoliyatida ishtirok etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
oluvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(47-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ta’lim
tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan
ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
48-modda.
Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari
Ta’lim
oluvchilar:
o‘quv
dasturlari asosida bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi,
mashg‘ulotlarga qatnashishi, ularga mustaqil tayyorgarlik ko‘rishi, pedagog
xodimlarning topshiriqlarini bajarishi;
ta’lim-tarbiya
jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy
zo‘ravonlik ishlatmasligi va ularning o‘z majburiyatlarini bajarishiga
to‘sqinlik qilmasligi;
ustav
(ta’sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash
joylari qoidalariga va ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga
oid boshqa ichki hujjatlar talablariga rioya etishi;
axloqiy,
ma’naviy va jismoniy kamol topishga hamda o‘z dunyoqarashini kengaytirishga
intilishi;
ta’lim-tarbiya
jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini
hurmat qilishi;
ta’lim
tashkilotining mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
oluvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham
bo‘lishi mumkin.
(48-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
49-modda.
Ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga nisbatan qo‘yiladigan talablar
Ta’lim
tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablar O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabdan
tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turlari
bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim
tashkilotlari ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablarni mustaqil
belgilashga haqli.
(49-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga
asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ta’lim
oluvchilarning ayrim toifalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
mablag‘lari hisobidan kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.
50-modda.
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni vaqtincha yashash joylari bilan
ta’minlash
Kunduzgi
ta’lim shaklidagi ta’lim tashkilotida ta’lim oluvchilarga, shuningdek sirtqi
ta’lim shaklida yakuniy va oraliq attestatsiya davrida vaqtincha yashash
joylari, ular mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi.
Vaqtincha
yashash joylari ta’lim oluvchilarga ta’lim tashkiloti tomonidan belgilangan
tartibga muvofiq beriladi.
Vaqtincha
yashash joylariga muhtojlar mavjud bo‘lgan hollarda, ushbu joylardan boshqa
maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vaqtincha
yashash joylaridan foydalanish uchun ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan
shartnomaga muvofiq haq to‘lanadi.
Vaqtincha
yashash joyidan foydalanganlik uchun to‘lov miqdori ta’lim tashkiloti tomonidan
belgilanadi.
Davlat
ta’lim muassasalari ayrim turdagi ta’lim oluvchilar uchun vaqtincha yashash
joyidan foydalanganlik uchun to‘lov qiymatini kamaytirishga yoki ularni
to‘lovdan to‘liq ozod qilishga haqli. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan
mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek o‘qitish davrida yetim bo‘lib qolgan
bolalar, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar
(shaxslar) vaqtincha yashash joyidan foydalanganlik uchun haq to‘lashdan ozod
qilinadi.
51-modda.
Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar ota-onasining hamda boshqa qonuniy
vakillarining huquq va majburiyatlari
Voyaga
yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning
o‘qishi, tarbiyalanishi, jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishi uchun
mas’uldir.
Mahalliy
davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va
ta’lim tashkilotlari voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarni tarbiyalashda,
ularning jismoniy hamda ruhiy sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlashda,
shuningdek individual qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning ota-onasiga
hamda boshqa qonuniy vakillariga ko‘maklashadi.
Voyaga
yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari quyidagi
huquqlarga ega:
jismoniy,
aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarga, shuningdek uzoq
vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga oilada ta’lim olish imkoniyatini
berish;
oilada
ta’lim olayotgan bolaning fikrini inobatga olgan holda uning o‘qishini
ta’limning har qanday bosqichida ta’lim tashkilotida davom ettirish to‘g‘risida
qaror qabul qilish;
ta’lim
tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, ta’lim-tarbiya jarayonini
takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ta’lim
tashkilotlariga xayriya yordami ko‘rsatish bo‘yicha takliflar kiritish;
ta’lim
tashkilotining ustavi va (yoki) boshqa ta’sis hujjati, litsenziyasi, davlat
akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikati, davlat ta’lim standartlari, davlat
ta’lim talablari, malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bilan
tanishish;
ta’limning
mazmuni, qo‘llanilayotgan ta’lim va tarbiya usullari, ta’lim texnologiyalari
bilan, shuningdek o‘z bolalarining o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi natijalari
bilan tanishish;
ta’lim
oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
ta’lim
tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga
yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari qonunchilikka
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(51-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Voyaga
yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari:
o‘z
bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;
bolalarining
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim
olishini ta’minlashi;
bolalarining
o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini ta’minlash va o‘zlashtirishi ustidan
nazoratni amalga oshirish;
o‘z
bolalarining intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun
shart-sharoitlar yaratishi;
ta’lim
tashkilotining ta’lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi ichki
tartib-qoidalariga rioya etishi;
jismoniy
va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan sudda maxsus
vakolatlarsiz o‘z bolalarining ta’lim sohasidagi huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishi;
ta’lim-tarbiya
jarayoni ishtirokchilarining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Voyaga
yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari zimmasida
qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(51-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-bob.
Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish
52-modda.
Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
tashkilotlarida ta’lim oluvchilar qonunchilikka muvofiq imtiyozlar,
stipendiyalar va vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlanadi.
(52-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
To‘lov-shartnoma
asosida ta’lim oluvchilarga imtiyozli bank kreditlari berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilishni
qonunchilikka, o‘z ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatiga muvofiq amalga
oshiradi.
(52-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat
ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida kam ta’minlangan oilalardagi
bolalar, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar
(shaxslar) uchun, shuningdek mazkur toifadagi ta’lim oluvchilarning kasbiy
o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil
20-avgustdagi “O‘qituvchilar va o‘quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini
yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 409-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
31-yanvardagi 59-sonli “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan
stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash
tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
53-modda.
Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
Ta’lim
tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan
kafolatlanadi.
Ta’lim
tashkilotlarining pedagog xodimlariga qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi
belgilanadi, haq to‘lanadigan har yilgi uzaytirilgan ta’til va boshqa
imtiyozlar va kafolatlar taqdim etiladi.
Ta’lim
tashkilotlarining pedagog va boshqa xodimlariga sanitariya-gigiyenaga oid,
epidemiyaga qarshi hamda profilaktika choralari bilan amalga oshiriladigan
sog‘liqni saqlash kafolatlanadi.
Ta’lim
tashkilotlari mehnatga haq to‘lash uchun mavjud bo‘lgan mablag‘lar doirasida
mustaqil ravishda ish haqiga, lavozim maoshlariga tabaqalashtirilgan ustamalar
belgilashga va mehnatga haq to‘lash hamda uni rag‘batlantirishning turli
shakllarini qo‘llashga haqli.
54-modda.
Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan
mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning to‘liq ta’minoti
Yetim
bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan
mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning to‘liq ta’minoti O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
21-noyabrdagi 739-sonli “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy
vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini
yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
55-modda.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarni
(shaxslarni) o‘qitish hamda tarbiyalash
Davlat
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning
(shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta,
o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy
o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim olishini
ta’minlaydi.
Jismoniy,
aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek uzoq vaqt
davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash uchun davlat
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Ta’lim oluvchilarni
ushbu ta’lim muassasalariga yuborish va ulardan chetlatish ota-onasining yoki
boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan tibbiy-psixologik-pedagogik
komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.
Davlat
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar davlat ta’minotida
bo‘ladi.
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil
17-maydagi 100-sonli “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun
ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari faoliyati to‘g‘risida” qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli “Alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
to‘g‘risida”gi qarori.
56-modda.
Ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish va
tarbiyalash
Alohida
sharoitlarda o‘qitish va tarbiyalanishga muhtoj bo‘lgan bolalar (shaxslar)
uchun ularning ta’lim olishini, kasbiy tayyorgarligini va ijtimoiy
reabilitatsiya qilinishini ta’minlaydigan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya
muassasalari tashkil etiladi.
Ozodlikdan
mahrum qilish tarzida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan
bolalarning (shaxslarning) ta’lim olishi, tarbiyalanishi va mustaqil ta’lim
olishi uchun sharoitlar yaratiladi.
LexUZ
sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksining 100-moddasida ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazoni o‘tashga mahkum qilingan shaxslarning umumiy ta’lim olishi
bo‘yicha asosiy talablar belgilangan.
8-bob. Nodavlat
ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini
attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. Xorijiy davlatda
olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga
apostil qo‘yish
57-modda.
Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash “Litsenziyalash, ruxsat
berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni bilan tartibga
solinadi.
(57-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi
O‘RQ-721-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlariga litsenziya berish va qayta rasmiylashtirish,
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor
qilish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish
qonunchilikda belgilangan tartibda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga
oshiriladi.
(57-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar
nomuayyan muddatga, ta’limning quyidagi turlari uchun alohida beriladi:
maktabgacha
ta’lim va tarbiya (bundan oilaviy maktabgacha ta’lim mustasno);
umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional
ta’lim;
oliy
ta’lim;
oliy
ta’limdan keyingi ta’lim.
(57-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi
O‘RQ-721-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)
LexUZ
sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori
bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim
tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi
to‘g‘risida nizom”.
Oldingi tahrirga qarang.
571-modda.
Nodavlat ta’lim faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshirish
Ta’limning
quyidagi turlari Ta’lim inspeksiyasini belgilangan tartibda xabardor qilish
orqali amalga oshiriladi:
maktabdan
tashqari ta’lim;
kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Oilaviy
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga
doir faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta’lim vazirligiga belgilangan tartibda xabarnoma yuboriladi.
(571-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi
O‘RQ-721-sonli Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)
58-modda.
Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston
Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari, shuningdek oliy ta’limdan
keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari davlat ta’lim
standartlariga, davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqlik
jihatidan attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
(58-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bitiruvchilarga
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni
beruvchi, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha
nodavlat ta’lim tashkilotlari attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan
o‘tadi.
(58-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga
asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ta’lim
tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish besh
yil muddatga amalga oshiriladi.
Ta’lim
tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish ta’lim
tashkilotlarining arizasiga ko‘ra Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga
oshiriladi. Ariza akkreditatsiya muddati tugashidan uch oy oldin beriladi.
Attestatsiya
ikki bosqichda — ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash va tashqi
baholash bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ichki
baholash ta’lim tashkilotining o‘zini o‘zi baholashidir.
Tashqi
baholash ichki baholash o‘tkazilganidan keyin Ta’lim inspeksiyasi tomonidan
amalga oshiriladigan baholashdir.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari asosida tashkil etilgan, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari,
idoralari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etilgan
ta’lim tashkilotlari tashkil etilgan kundan e’tiboran besh yil mobaynida
akkreditatsiya qilingan hisoblanadi.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran besh yil davomida
akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu Qonunda
belgilangan tartibda attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Ta’lim
tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish maqsadida Ta’lim inspeksiyasi
huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyasi
tuziladi.
Davlat
akkreditatsiyasi ta’lim tashkilotining attestatsiyasi asosida amalga
oshiriladi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyasi
ta’lim tashkilotining maqomini va uning faoliyati davlat ta’lim standartlariga,
davlat ta’lim talablariga va o‘quv dasturlariga muvofiqligini aniqlaydi.
Ta’lim
tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan
taqdirda, unga davlat akkreditatsiyasining amal qilish muddati ko‘rsatilgan
holda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Ta’lim
tashkiloti qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hollarda davlat
akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilishi Ta’lim
inspeksiyasining qarori bilan tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
to‘g‘risidagi qonunchilikning talablari yoki sertifikatda ko‘rsatilgan shartlar
buzilganligi aniqlangan va aniqlangan qoidabuzarliklar ta’lim tashkiloti
tomonidan bartaraf etilmagan hollarda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan davlat
akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilishini bekor qilish
xaqida qaror qabul qilinadi.
(58-moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat
akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim tashkilotlari Ta’lim tashkilotlarining
reyestriga kiritiladi va bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining rasmiy
veb-saytiga joylashtiriladi.
LexUZ
sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori
bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim
tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi
to‘g‘risida nizom”.
59-modda.
Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazish
Ta’lim
tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan oldin ular
Ta’lim inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan attestatsiyadan o‘tkazish
mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida o‘z faoliyatini mustaqil ravishda ichki
baholashdan o‘tkazadi.
Ta’lim
tashkilotlari o‘z faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan ikki oy oldin
ichki baholash natijalarini Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etadi.
Ta’lim
inspeksiyasi ta’lim tashkilotining faoliyatini ichki baholash yakunlarini
o‘rganadi va ulardan ta’lim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash
jarayonida foydalanadi.
Ta’lim
tashkiloti rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun javobgar
bo‘ladi.
60-modda.
Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish
Xorijiy
davlatda 1992-yil 1-yanvardan keyin olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjat tan
olish jarayonidan o‘tkazilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining butun
hududida qonuniy kuchga ega hujjat sifatida tan olinadi.
Xorijiy
davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish Ta’lim inspeksiyasi
tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy
davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ
sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son
qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik
to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini
qayd etish) tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
61-modda.
Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish
Ta’lim
sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil hujjatni tasdiqlagan shaxs imzosining haqiqiyligini,
shuningdek muhr yoki shtampning bosma izi haqiqiysiga muvofiqligini tasdiqlash
maqsadida qo‘yiladi.
Apostilga
qo‘yilgan imzo, muhr yoki shtamp qo‘shimcha ravishda tasdiqlashni talab
etmaydi.
Ta’lim
tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish Ta’lim
inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
9-bob. Ta’limni
moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
62-modda.
Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat
ta’lim muassasalarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika
budjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy budjetlaridan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan, kadrlar
buyurtmachilarining mablag‘lari hisobidan, shuningdek budjetdan tashqari
mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga
oshiriladi.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish muassislarning, kadrlar
buyurtmachilarining pul va moddiy mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan
boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(62-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat
ta’lim muassasalari ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta’lim
xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pulli
ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish davlat ta’lim muassasalarining asosiy
faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Davlat
ta’lim muassasalarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatganlik uchun haq
undirish tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Davlat
ta’lim muassasalari pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish
hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish hisobidan olingan pul mablag‘larini
mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli.
Ta’lim
tashkilotlarini moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari quyidagilardan
iborat:
shartnomalar
asosida, shu jumladan chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilgan
shartnomalar asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish hisobidan tushgan mablag‘lar;
jismoniy
va yuridik shaxslarning buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy va
qonunda taqiqlanmagan boshqa ishlarni bajarish hisobidan tushgan mablag‘lar;
ta’lim
tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotni, bajarilgan ishlarni va
ko‘rsatilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
binolar,
inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga berish hisobidan tushgan mablag‘lar;
ta’lim
tashkilotlarining bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank muassasalariga
depozitlarga joylashtirish hisobidan olingan pul mablag‘lari (foizlar);
davlat
va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati
organlari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
bank
kreditlari va ssudalari;
jismoniy
va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari.
Maktabgacha,
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limda va boshlang‘ich professional ta’limda
ajratiladigan mablag‘lar summalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan belgilanadi hamda ushbu mablag‘lar tarbiyalanuvchilar va ta’lim
oluvchilarning o‘qish joyidagi ta’lim tashkilotlariga yo‘naltiriladi.
63-modda.
Ta’limni rivojlantirish jamg‘armalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’limni
rivojlantirish jamg‘armalari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat
muassasalari hamda tashkilotlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning, shu
jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning badallari hamda
ajratmalari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan
tashkil etilishi mumkin.
(63-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
64-modda.
Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik
Ta’lim
sohasidagi davlat-xususiy sheriklik davlat va xususiy sheriklarning muayyan
muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik
loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan
hamkorlikdir.
Nodavlat
ta’lim tashkilotlari ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil
etilishi mumkin.
Ta’lim
sohasidagi davlat-xususiy sheriklik “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni prinsiplari,
normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ
sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi
Qonunining 4-moddasi.
65-modda.
Ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb etish
Davlat
ta’lim sohasini, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek
investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investitsiyalarni
jalb etish uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoitlar
yaratilishini ta’minlaydi.
66-modda.
Ta’lim tashkilotlarining mol-mulki
Ta’lim
tashkilotlari o‘z mulkiga, xo‘jalik yurituvidagi yoki operativ boshqaruvidagi
mulkka ega bo‘lishi kerak.
Davlat
ta’lim muassasalarining operativ boshqaruvida yoki xo‘jalik yurituvida bo‘lgan
obyektlarning (binolar, inshootlar, qurilayotgan binolar va inshootlarning,
o‘quv, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarning, ta’lim oluvchilar
vaqtincha turar joy binolarining, klinik bazalar va boshqa ko‘chmas mulk
obyektlarining, shu jumladan ta’lim kampuslariga kiradigan mulk obyektlarining)
xususiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ta’lim
tashkilotlari qayta tashkil etilgan hollarda ularning mol-mulki yangi tashkil
etilgan ta’lim tashkilotiga huquqiy vorislik asosida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
tashkilotlari tugatilganda ularga tegishli mol-mulk kreditorlarning talablari
qanoatlantirilgandan so‘ng, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, muassislarga (ishtirokchilarga) qaytariladi.
(66-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-bob. Ta’lim
sohasidagi xalqaro hamkorlik
67-modda.
Ta’lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi
Ta’lim
tashkilotlari quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning ta’lim
muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:
ta’lim
muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;
qo‘shma
fakultetlar, o‘quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;
xalqaro
darajadagi birgalikdagi ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini
tayyorlash;
hamkorlikda
fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
ilmiy-amaliy
seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o‘tkazish;
talabalar,
magistrlar, doktorantlar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga
oshirish;
ikki
tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka
muvofiq boshqa tadbirlar.
(67-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston
Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
tashkilotlari qonunchilikka muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalari
va tashkilotlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni amalga oshirishi
mumkin.
(67-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
68-modda.
Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari
va qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(68-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ta’lim
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari:
xorijiy
davlatlarning tegishli vakolatli organlari, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik
qiladi;
O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolarni xorijiy davlatlarning ta’lim
muassasalariga o‘qish uchun yuboradi;
pedagog
xodimlar va ta’lim oluvchilar almashinuvini amalga oshiradi;
rahbar
hamda pedagog xodimlarning xorijiy davlatlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirishni tashkil etadi;
o‘z
xodimlari hamda mutaxassislarini xalqaro konferensiyalarga va stajirovkalarga
yuborish, ularning xalqaro loyihalar hamda ilmiy tadqiqotlarda ishtirok
etishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq ta’lim
sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha boshqa tadbirlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
(68-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
69-modda.
Xorijda ta’lim olish
O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalariga muvofiq yoki yakka tartibda xorijda ta’lim olish huquqiga ega.
11-bob.
Yakunlovchi qoidalar
70-modda.
Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim
sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(70-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71-modda.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ta’lim
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda
javobgar bo‘ladi.
(71-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
72-modda.
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb
topish
Quyidagilar
o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
1)
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi 463-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 11-12, 295-modda);
2)
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim
to‘g‘risida”gi 464-I-sonli Qonuni
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9,
225-modda);
3)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi 465-I-sonli
“O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirish
tartibi to‘g‘risida”gi Qarori
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9,
226-modda);
4)
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 9-aprelda qabul qilingan “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-87-sonli
Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi,
2007-yil, № 4, 160-modda) 1-moddasi;
5)
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish,
shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
to‘g‘risida”gi O‘RQ-355-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 263-modda) 15 va 16-moddalari;
6)
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Ayrim davlat
organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va
erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
O‘RQ-456-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 1-modda) 14 va 15-moddalari;
7)
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”gi O‘RQ-476-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 26-moddasi.
73-modda.
Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati
tushuntirilishini ta’minlash
O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar,
davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini,
ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida
tushuntirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
74-modda.
Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(74-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat
qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat
boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy
hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
75-modda.
Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent
sh.,
2020-yil
23-sentabr,
O‘RQ-637-son
(Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son; Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y.,
03/21/721/0952-son)